Shikoyat:
Tez tez kuzatiluvchi O’RVI - yil davomida 10 martagacha takrorlanish.
Hayot tarixi
Onadan o’tgan irsiy buzilish (pollinoz). Yoshga nisbatan erta rivojlanish. Reja bo’yicha emlanish.
3 yoshgacha bolalarda O’RVIning kam uchraydigan epizodlari yiliga 1-2 marta qayd etilgan. Hayotning birinchi yilida yengil teri toshmalari qayd etildi.
Kasallik tarixi:
3 yoshdan boshlab bolalar jamoat muassasalariga boradi. Shu yoshdan boshlab doimiy burun bitishi, uzoq davom etadigan yo’tal xurujlari (ko’pincha tunda) qayd etiladi. Quidagi terapiya asosida (framitsetin burun spreyi, amoksitsillin, mometazon furoat spreyi) yaxshilanish qayd etildi, ammo O’RVI epizodidan keyin yo’tal uzoq davom etgan. Otit 3 marta duch keldi, bahorda Rino-konyuktivit kuzatildi.
Tekshiruv malumotlari:
Inson konstitutsiyaning limfatik turi. Teri va shilliq qavatlar toza. Palpatsiya paytida jag’ osti limfa tugunlari 2 sm gacha qayd etiladi. Burun orqali nafas olish qiyinlashadi, yopishqoq ajralma yashil rangda. O’pkada vestikulyar nafas olish barcha bo’limlarda amalga oshiriladi, xirrillash yo’q. Yurak urishi ritmik. Qorin yumshoq, og’riq yo’q. Jigar qovurg’a chegarasidan +1,5 sm pastda. Najas har kuni, siydik ajratish erkin.
Yuqumlilik indeksi = 2.6
(Yil davomida O’RVI holatlari yig’indisi)/(Yillar hisobida bolaning yoshi)
Dastlabki tashxis:

Tez-tez kasal bo’ladigan bolalar. “xavfli simptomlar“ bilan o’tuvchi tez-tez uchraydigan O’RVI.

Qo’shimcha tekshiruvlar:

•Lor konsultatsiyasi (bodomsimon bez gipertrofiyasi, otitlar)

•Allergolog-immunolog bilan konsultatsiya va tekshiruv (allergik irsiyat, erta yoshda atopic dermatitning namoyon bo’lishi, takroriy yiringli otit, baxor faslidagi rino-konyuktivit)

Terapiya sxemasi tayinlandi:
•Detoksifikatsiya choralari, gipotermiyadan saqlanish
•Mometazon furoat, sprey – Har burun yo’liga 1 marta 1 ta sepish(50mkg), 6 hafta davomida.
•Natriy xlor – burun ichiga( har bir burun yo’liga) 1-3 tomchidan kuniga 2-3 mahal
Defensikan-Immunoglyukan® kapsulasi (Immunoglyukan® - 100 mg, kalsiy-L-askorbat - 125 mg) kuniga 1 kapsuladan 2-3 oy davomida kechasi yoki ertalab och qoringa.
•3-6 oydan keyin takroriy qabul
6 oydan keyin:
Bemorning axvoli aniq ijobiy dinamikaga ega: bemorda so’nggi 6 oy davomida O’RVI yoki otit holati kuzatilmagan. Oxirgi O’RVI dan keyin yo’tal to’xtadi.
Tekshiruv ma’lumotlari: nafas olish erkin, ajralma yo’q, jag’ osti limfa tugunlari pasayishi qayd etildi.
Defensikan Imunoglukankapsulalari

Defensikan® Imunoglukan® – bu Imunoglucan® (beta-1,3-1,6-D-glyukan) asosidagi oziq-ovqat qo'shimchasi, Pleurotus Ostreatus qo'ziqorinidan olingan o'simlik moddasi va zaruriy sutkalik dozadagi C vitaminidan iborat. Bu immunitet tizimining optimal ishlashiga yordam beradi. 7 yoshdan boshlab bolalar va kattalar uchun tavsiya qilinadi.
O`simlikdan tayyorlangan kapsula, glyutensiz
Immunitet tizimini uzoq muddat qo'llab-quvvatlashi sportchilar uchun juda mos
Defensikan Imunoglukan suspenziyasi
Defensikan® Imunoglukan® – bu Imunoglukan® (beta-1,3-1,6-D-glyukan) asosidagi oziq-ovqat qo'shimchasi, Pleurotus Ostreatus qo'ziqorinidan olingan o'simlik moddasi va zaruriy sutkalik dozadagi C vitaminidan iborat. Bu immunitet tizimining optimal ishlashiga yordam beradi.
3 yoshdan boshlab bolalar uchun tavsiya qilinadi
Tarkibida rang beruvchi va xushbo'y moddalar mavjud emas
Ushbu bemorda nimalarga e'tibor berish kerak?
Bolada
Bolada bir yil ichida O’RVIning 10 ta epizodi
Doimiy burun bitishi
Otit bilan kasallanish
Onadan o’tgan og'ir irsiy buzulish
Bularning barchasi endogen omillarga tegishli. Inson konstitutsiyaning limfatik turi alohida qayd etiladi, ya'ni bolada limfadenopatiya, shuningdek jag’ osti limfa tugunlari palpatsiya qilinadi
Bolada, albatta,“xavfli simptomlar" mavjud: yo'talning davomiyligi, otit, bola deyarli davolanmaydi. Maktabgacha ta'lim muassasasidagi yuqori yuqumlilik darajasi faqat endogen omillarni kuchaytirishi mumkin. Albatta, bunday bola uchun differentsial diagnostika va konsultatsiya uchun mutaxassislar biriktirish mutlaqo asosli. Bunday holatda, bu bola biz uchun jiddiy surunkali kasalliklarga chalingan bolalar guruhini anglatadi va terapiyani tanlashda o'ta mas'uliyatli yondashuvni talab qiladi. Tashxis yo’q - yetarli terapiya yo'q! Shuni ta'kidlashni istardimki, "tez-tez kasal bo’ladigan bolalar" ning har bitta holatida, nafas yo’llari kasalliklari yuqori darajasining sabablarini aniqlashtirish kerak.
Albatta, O’RVIning har bitta epizodini oqilona davolash, o'tkir respirator kasalliklarni davolash bo'yicha tavsiyalarga muvofiq amalga oshirilishi kerak . O’RVI terapiyasining vazifalari virusning ko'payishini kamaytirish , virusli infektsiya sababli kamaygan immunitet reaktsiyalarini normallashtirish, kasalliklarning xavfini va davomiyligini kamaytirishni o'z ichiga oladi. Ammo bemorlar uchun asosiysi asoratlarning oldini olishdir.
O’RVI ko'pincha, samaradorligi isbotlanmagan va yon ta'sirga olib kelishi mumkin bo'lgan ko'plab keraksiz dorilar va protseduralarni qo'llash uchun sabab bo'ladi. Shuning uchun bemorlarimizning ota-onalariga O’RVIning o’ziga xos zararsiz kechishini tushuntirish va ularni minimal davolashning yetarliligiga ishontirish uchun simptomlarning taxminiy davomiyligini ko'rsatish muhimdir. Shuning uchun, bu holatda terapiya mutlaqo to'g'ri tanlangan. Men immunomodulyatorni tanlashga alohida e'tibor qaratmoqchiman, Defensikan - Imunaglukan - bu biologik faol polisaxaridlar va C vitaminining qo'shimcha manbayi bo'lib hattoki parhez davrida ham ishlatilishi mumkin. Uning ishlatilishi shamollash va o'tkir respirator infektsiyani (burun oqishi, aksirish, tomoq qurishi) rivojlanish xavfini kamaytiradi.
Albatta, ko’rilgan terapiyadan keyin, bizning bemorimizga nisbatan ehtiyokorlik va sog’lig’iga e’tibor talab qiladi. Bunday bolalar uchun yuqumlilik havfi indeksini pasaytirish muhimdir – bu haqida har safar konsultatsiyada ota-onalarga eslatilishi kerak.
Hayotning birinchi yilida teri sindromi
"ARASHAN" © 2023 / Barcha huquqlar himoyalangan
Qo'shimcha ma'lumot uchun murojaat qiling: "ARASHAN" OOO O'zbekiston, Toshkent shahri, Chimkent ko'chasi -8